O'rnatish — install.php
O'rnatish — install.php#
Qadamchi mikrofreymvorkini yuklab olish va o'rnatish uchun bitta fayl — install.php ishlatiladi. U butun loyihani (core, app, config, routes, public, docs, tests) o'z ichiga oladi.
install.php nima?#
install.php — bu bitta-fayl o'rnatuvchi. U php qadamchi build:installer buyrug'i bilan generatsiya qilinadi va loyiha ildizida joylashadi.
Eslatma:
install.phppublic/papkasi tashqarisida bo'lgani uchun veb-server orqali to'g'ridan-to'g'ri yetib bormaydi. Shu sababli yuklab olish uchun alohida route ishlatiladi.
Yuklab olish#
Shu sahifaning yuqorisidagi "install.php yuklab olish" tugmasi joriy install.php faylini brauzerga yuklab beradi. Tugma quyidagi route'ga bog'langan:
GET /docs/installatsiya/yuklabBu route install.php faylini Content-Disposition: attachment header bilan yuboradi — brauzer uni to'g'ridan-to'g'ri yuklab oladi.
O'rnatish#
Faylni yuklab olganingizdan so'ng, ikki usulda o'rnatishingiz mumkin.
1. CLI orqali (tavsiya)#
php install.phpBu:
- butun loyiha fayllarini ajratib chiqaradi (~175 ta — core, app, bootstrap, config, routes,
public, docs, tests, database, resources, lang + root fayllar)
.envfaylini yaratadi (.env.namunaasosida)APP_KEYgeneratsiya qiladi- runtime papkalarni (
storage/*,database/) yaratadi qadamchiCLI'ga ijro huquqi beradi (unix)- o'zini (install.php) o'chiradi
2. Veb orqali#
install.php faylini veb-server'ning public papkasiga joylang va brauzerdan oching:
http://saying.uz/install.phpTalab: PHP 8+ kerak.
Keyingi qadamlar#
O'rnatish tugagach:
php qadamchi migrate # jadval yaratish
php qadamchi db:seed # namuna ma'lumot
php qadamchi serve # http://localhost:8080Ma'lumotlar bazasi: Qadamchi default bo'yicha SQLite ishlatadi (Laravel 13 uslubida) —php qadamchi migratedatabase/database.sqlitefaylini avtomatik yaratadi, hech qanday tashqi server kerak emas. Istalgan paytda MySQL yoki PostgreSQL'ga o'tish uchun.envfaylidaDB_CONNECTIONva tegishliDB_*qiymatlarini o'zgartiring (namunalar.envfaylida izoh bilan ko'rsatilgan).
Apache (.htaccess) — serverga joylash#
PHP built-in server (php qadamchi serve) routing'ni o'zi hal qiladi, lekin Apache'da mod_rewrite uchun .htaccess kerak. Loyihada ikkita .htaccess mavjud:
1. public/.htaccess (tavsiya)#
Dokument root public/ papkasiga teng bo'lganda (standart Laravel uslubi). Barcha so'rovlarni index.php front controller'ga yo'naltiradi, statik fayllar (assets) va install.php to'g'ridan-to'g'li serve qilinadi.
Eng to'g'ri usul: subdomain/domain dokument root'inipublic/ga tenglang. Masalan:qadamchi.urinboydev.uz → /home/user/qadamchi/public.
2. root .htaccess#
Dokument root loyiha ildiziga teng bo'lganda (public/ emas). Bu holda install.php to'g'ridan-to'g'li ishlaydi, app so'rovlari public/index.php'ga, assets esa public/ ichidan serve qilinadi.
RewriteCond %{DOCUMENT_ROOT}/public%{REQUEST_URI} -f
RewriteRule ^(.*)$ public/$1 [L]
RewriteRule ^ public/index.php [L]Eslatma:
mod_rewriteApache moduli yoqilgan bo'lishi kerak (a2enmod rewrite)..htaccess'daOptions -Indexesorqali katalog ro'yxati o'chirilgan, yashirin fayllar (.env) bloklangan.
Qayta generatsiya#
install.php faylini har doim quyidagi buyruq bilan qayta yaratishingiz mumkin:
php qadamchi build:installerManba — repo fayllari (source of truth). Shu sababli drift yo'q: har doim yangi generatsiya qilinadi.